BEKLARBEGI
BEKLARBEGI — 1) yuqori ma’muriy unvon va lavozim; viloyat, katta shahar hokimlari. Beklarbegi lavozimi O’rta Osiyo mamlakatlari, kichik Osiyo va Zakavkaze turkiy xalqlarida 19 asr oxirigacha saqlangan. Beklarbegining asosiy vazifasi soliq va boshqa majburiyatlarning o’z vaqtida to’lanishini ta’minlash, hukmdor farmonlarini amalga oshirish, tegishli masalalarni biy, otaliklar, oqsoqollar kengashi bilan kelishib hal etishdan iborat edi. Beklarbegilar qo’l ostidagi viloyat (beklarbegilik)larda alohida vazir, shayxulislom, sadr, jonishin (beklarbegining muovini) kabi mansablar ham bo’lib, ular Beklarbegiga bo’yso’nganlar. Beklarbegilar ayni vaqtda sarkarda hisoblanib, ularning qo’l ostida yuzboshi va dahboshilar bo’lgan; 2) Toshkentaing Eskijuva maydonida mavjud bo’lgan madrasa. 20-asrning 30-yillarida bolsheviklar dinga qarshi kurash shiori ostida uni buzib tashlashgan.