BEKMUROD JO’RABOY O’G’LI

BEKMUROD JO’RABOY O’G’LI (1878 Nurota tumani qo’tir qishlog’i — 1956) —o’zbek xalq baxshisi. Dostonlarni o’zbek, qozoq va qoraqalpoq tillarida kuylay olgan. Hatto Nurota tojiklari orasida dostonlarni tojik tilida kuylaganligini ham naql qiladilar. Bekmurod repertuarini o’rganish o’tmishda Nurota tumani markazi va uning shimolda o’ziga xos dostonchilik maktabi bo’lganligini ko’rsatadi. Xalq dostonlarini bir necha tidda ijro etish bu maktab vakillarigagina xos xususiyatdir. Bekmuroddan «Alpomish», «Avazxon», «Malikai ayyor», «Kuntug’mish» kabi bir qator dostonlar yozib olingan. Bular O’zbekiston Fanlar Akademiyasi til va adabiyot instituti folklor arxivi (inv. № 190, 191, 1010, 1011)da saqlanadi. As: «Avazxon», T., 1965; «Gulshanbog'», T., 1966; «Xolbeka», T., 1967.