BEKON

BEKON (inglizcha Bacon) — maxsus usulda semirtirilgan (go’sht-yog’i qatlamlanib joylashgan) cho’chqaning nimtalangan go’shtidan tayyorlanadigan mahsulot. 2— 2,5 oylik cho’chqalar 7 oygacha boqilib Bekon go’shti olinadi. Tuzlangan Bekon va dudlangan Bekonga bo’linadi. Aksariyat, cho’chqaning to’sh, son qismi go’shtidan tuzlangan Bekon va suyagi ajratilgan qovurg’a go’shtidan, shuningdek tuzlangan Bekondan dudlangan Bekon tayyorlanadi.