BELGOROD O’RDASI

BELGOROD O’RDASI (Bujoq o’rdasi, Dobruja o’rdasi) — Bujok dashtiaya kichik no’g’oylar davlat birlashmasi (17 — 18-asrlar), Qrim xonligi va Turkiyaning vassali. Akkerman shahrining ruscha atalishidan olingan (hozirgi Belgorod Dnestrovskiy shahri). No’g’oylar 1620-yillarda Kaspiy bo’yi dashtlaridan ko’chib kelganlar. Moldaviya va Ukraina erlariga tez-tez hujum qilib turgan. 1770 yil Rossiya vasiyligiga o’tgach, ko’chmanchilar Azov bo’yi dashtlariga ko’chirilgan.