BELGRAD UNIVERSITETI

BELGRAD UNIVERSITETI — Serbiyadagi eng yirik oliy o’quv yurti. 1863 yil tashkil etilgan. Universitetda me’morlik, veterinariya, kongeol., tabiiy-matematika, injener-kommunal, injener-mexanika, elektrotexnika, o’rmon-texnika, tibbiyot, qishloq xo’jalik, stomatologiya, texnologiya, transport, dorishunoslik, falsafa, iqtisod va huquq kabi fakultetlari bor. Universitetda 57 mingdan ortiq talaba ta’lim oladi, 3 mingdan ortiq o’qituvchi ishlaydi. Kutubxonasi (1919)da 500 mingdan ortiq asar saqlanadi.