BELINSKIY VISSARION GRIGOREVICH
BELINSKIY VISSARION GRIGOREVICH [(1811.30.5(11.6), Sveaborg 1848.26.5 (7.6), Peterburg)] — rus munaqkidi, publisist, faylasuf. Oilasi Penza gubernyasining Chembar (hozirgi Belinskiy) shahriga ko’chib kelgan (1816). Chembar uezd bilim yurtida (1822 — 24), Penza gimnaziyasida (1825 — 28) o’qidi (ammo tugatmadi). Moskva universitetining til va adabiyot bo’limiga o’qishga kiradi (1829). Universitet adabiy to’garagida qatnashgani, krepostnoylikka qarshi yozilgan «Dmitriy Kalinin» romantik dramasi uchun o’qishdan haydaladi (1832). 1834 yilda «Molva» gazetasida Belinskiyning «Adabiy xayolot» degan dastlabki falsafa va estetikaga doir maqolasi bosilib chiqdi. Shundan keyin Belinskiyning tanqid va publitsistika sohasidagi samarali faoliyati boshlandi. «Teleskop» (1833 — 36), «Moskovskiy nablyudatel» (1838 — 39), so’ngra Peterburgda chiqadigan «Otechestvennoye Zapiski» (1839 — 46), «Sovremennik» (1847 48) jurnallarida ishladi. 1839-48 yillarda Belinskiy fiqolari ma’rifatchilikdan inqilobiy demokratiyaga («Tanqid haqidagi so’z», 1842; «Parij sirlari», 1844). F. Shelling va G. Gegel ruhidagi idealizmdan Feyerbax materializmiga («Borodino jangi yilligi», 1839; «Mentsel — Gyotening tanqidchisi» 1840; «Aqllilik balosi», 1840) tomon o’zgardi. Belinskiy rus adabiyotidagi reachistik oqimning rahnamosiga aylandi. San’at hodisasini aniq tarixiy nuqtai nazardan taxlil qilishga asoslangan estetika va adabiy tanqid qoidalarini ishlab chiqdi. Natural maktab tamoyillarini belgilab berdi. «Sof san’atga, realistik ruhdagi adabiyotga zid oqimga qarshi kurashdi. As: Polnoe Sobranie sochineniy |t. 1 — 13J, M. L., 1953 59; Maqolalar, T., 1948; tanlangan asarlar, T., 1955. Ad.: Polyakov M., Vissarion Belinskiy, Lichnost — idem — epoxa, M., I960; Gulyaev N. A., Belinskiy i sovremennost, M., 1964.