BELL

BELL (Bell) Aleksandr Greyam (1847 — 1922) — telefon ixtirochilaridan biri. Asli shotlandiyalik, 1871 yildan beri AQShda. Amalda foydalanish uchun yarokli birinchi telefon uchun 1876 yilda patent olgan. Energiya yoki quvvatlar nisbati logarifmi bilan o’lchanadigan birlik — bel Bell nomi bilan atalgan.