BELL MAJANDI QONUNI
BELL MAJANDI QONUNI (anatomiya va fiziologiyada) — hayvon va odamdagi harakatlantiruvchi va sezuvchi nerv tolalarining orqa miya ildizlarida taqsimlanish qonuni. Buni Shotland olimi Ch. Bellning 1811 yilda e’lon qilgan ma’lumotiga asoslanib, 1822 yilda frantsuz fiziologi F. Majandi aniqlagan. Bu qonunga ko’ra, markazga intiluvchi (sezuvchi) nerv tolalari orqa miyaga orqa ildizlar tarkibida kiradi, markazdan qochuvchi (harakatlantiruvchi) nerv tolalari esa orqa miyadan oldingi ildizlar tarkibida chiqadi.