BELOE KO’LI
BELOE KO’LI — Rossiya Federatsiyasi Vologda viloyatining g’arbidagi ko’l. 1964 yildan Sheksna suv omboriga qo’shilgan. Uzunligi 46 kilometr, eng serbar joyi 33 kilometr, chuqurligi 5 — 6 metr. Ko’lga Kovja, kema, Megra daryolari quyiladi, Sheksna daryosi oqib chiqadi.