BELOVTI
BELOVTI — Surxondaryo viloyatidagi Kushtang tog’larining shimol qismi. Janubda Belovti dovonidan Sangardak daryosi vodiysigacha cho’zilgan. Uzunligi 25 kilometr, eng baland nuqtasi 3712 metr. Machaydaryo bilan Sangardak daryolarining suvayirgichi. Janubiy-g’arbiy yon bag’irlari qiya, shimol yon bag’ri tikroq. Suvayirg’ich qismi o’rta yura ohaktoshlaridan, Janubi g’arbi quyi burning gil, qumtosh, apevrolitlaridan, yura ohaktoshlaridan, shimoli sharqi paleozoyning granit, granodiorit, gneys jinslaridan tuzilgan. Shim.Sharqiy yon bag’irlari o’yilib ketgan. Yassi tekisliklar ko’p uchraydi. Shimoliy Sharqiy yon bag’irlarida 3000 metr balandlikkacha. Toshloq jigarrang tuproqlarda archazorlar bor. Undan yuqorisi, Alp va subalp o’tloqlari bilan qoplangan. Belovti yon bag’irlaridan yaylov sifatida foydalaniladi.