BELOVUTSOY

BELOVUTSOY (Belyovutsoy) Toshkent viloyati Ohangaron va O’rta Chirchiq tumanlari chegarasidagi soy. Mattiol tizmasining Toshtog’tarmog’i Janubiy g’arbiy SN bag’ridan boshlanadi. Belovutsoy tog’dan chiqqach shim.g’arbiy yo’nalishda oqib, Parkent va Hamdam kanallarini kesib o’tadi. Ohangaron darssiga etmay qurib qoladi. Uzunligi 34 kilometr. 14 ta irmog’i bor. Yomg’ir va qor suvlaridan to’yinadi. Erta bahorda suvi ko’payadi, ba’zan sel keladi. Quyi qismiga oqova suvlar quyiladi. Belovutsoydan topil qishlog’i, Yangiqishloq yerlari sug’oriladi.