BELTOV BALANDLIGI

BELTOV BALANDLIGI Orol dengizining Janub, Qizilqumning shimoliy g’arbiy qismidagi qir. Eng baland joyi 142 metr, uzunligi g’arbdan sharqqa taxminan 60 kilometr, eni 12 kilometr. Maydoni qariyb 720 kilometr kvadrat. Beltov balandligining Janubiy va g’arbiy yon bag’irlari tik. Chinksimon, qolgan yon bag’irlari atrofdagi tekisliklarga asta-sekin tutashib ketadi. Yuzasi yasen, asosan, shimol va Sharq tomom pasayib boradi. Do’nglik, ko’zanakli qum shakllari bilan band. Eol qum shakllari, asosan, shimol va shimoli Sharqiy qismlarida uchraydi, qolgan joylarda tub jinslar yuzasi yupqa dslyuvial va prolyuvial shag’al va qum qatlamlari bilan qoplangan. O’sha joylarda yirik va chuqur (20 — 30 metr), tik yon bag’irli, tubi taqirlar bilan band erosion deflytasiya botiqlari mavjud. Beltov balandligining Janubiy va g’arbiy yon bag’irlari chuqurligi 5 — 10 metrli quruq soylar bilan o’yib yuborilgan. Beltov balandligining g’arbiy yon bag’rida (Qorateren ko’li sohili) quyi va urta Oligosen kesimining qalinligi 20 — 25 metrli yashil rang gildan iborat qismi ko’rinib qolgan. Beltov balandligining katta qismini yuqori pliosenning mergelli gil va qumtosh jinsli Qushxonatov svitasi tashkil qiladi. Svitaning usti yuvilgan sariq-qo’ng’ir rangli qum bilan qoplangan (Dengizko’l svitasi). Qishi sovuq. Yanvarning o’rtacha temperaturasi — 7,6°; yozi issiq, iyulning o’rtacha temperaturasi 26°. Yiliga o’rtacha 90 millimetr yog’in tushadi. Doimiy oqar suvlar deyarli yo’q. Beltov balandligida bo’zqo’ng’ir, cho’l qumli va taqir tuproqlar keng tarqalgan. Tekisroq yuzalarda shuvoqboyalich guruhi, ayrim joylarda shuvoqbiyurg’un bilan birga qumli tuproqlarda oqsaksovul, cherkez, Iloq, juzg’un o’sadi. Shimol yon bag’irlarda sof qumda o’suvchi o’simlik ko’proq.