BENGALLAR

BENGALLAR — xalq, Bangladeshning asosiy aholisi (109,5 million kishi). Shuningdek, Hindiston (80 million kishi). Nepal, Butan, Singapur va boshqa joylarda ham yashaydi. Umumiy soni 189,65 million kishi (1992). Bengal tilida so’zlashadi. Dindorlari — Bangladeshda asosan Islomga, Hindistonda esa asosan hinduizmga e’tiqod qiladi.