BENGELA OQIMI
BENGELA OQIMI — Afrikaning g’arbiy qirg’oqlari yaqinidagi sovuq dengiz oqimi. G’arbiy shamollar nomli dengiz oqimining shim. tarmog’i. Janubi sharqdan shim.g’arbga tomon harakatlanadi. Tezligi soatiga 1 — 2 kilometr. Suvning temperaturasi Janubda yozda 19°, qishda 15°. shimolda yozda 26°, qishda 22°. Atlantika okeani Janub qismi okeanografiyasida muhim rol o’ynaydi, biogen elementlarga boy, chuqurlikdagi suvlarni ko’tarilishiga yordam beradi.