BENZOY KISLOTA
BENZOY KISLOTA (benzolkarbon kislota), S6N5SOON — aromatik kislotalarning dastlabki vakili. Matematik modda 122,05; oqtusli kristall modda. Zichligi 1316 kilogramm/metr kub. Suyuqlanish temperaturasi 122,4°, qaynash temperaturasi 249,2°. Suvda yomon, etanol, efir va Benzolda yaxshi eriydi. Benzoy kislota qadimdan ma’lum organik kislotalardan biri, dastlab 17-asr boshida benzoy smolani quruq haydash yo’li bilan olingan. Benzoy kislota toluan va Peru balzami tarkibida erkin holda uchraydi. Yuqori tragacha qizdirilsa, benzol va karbonat angidrid hosil qiladi. Benzoy kislota va tuzlarida bakterisid xossa bor. Sanoatda toluolni suyuq fazada 130-160° da va 308-790 kPa bosim ostida (katalizator — so va Mp benzoatlari) havo bilan oksidlab olinadi. Benzoy kislota fenol, kaprolaktam, benzil xlorid ishlab chiqarishda, alkid loklarga yaltiroqlik, mustahkamlik va kimyoviy barqarorlikni oshiruvchi qo’shimcha sifatida ishlatiladi. Natriy benzoat oziq-ovqatni konservalashda, Benzoy kislotaning boshqa ba’zi tuzlari esa farmasevtik preparatlar olnshda, ba’zi efirlari xushbo’yligi tufayli parfyumeriyada ishlatiladi. Benzoy kislotaning turli hosilalari buyoq sanoatida keng qo’llaniladi.