BEOTIYA ITTIFOQI

BEOTIYA ITTIFOQI — Fiva boshchiligidagi yunon davlatlarining Beotiyadagi (O’rta Yunonistondagi viloyat) federatsiyasi (miloddan avvalgi 6-asr — miloddan avvalgi 146 yil). 4-asrda Pelopid va Epaminond davrida — Yunonistondagi eng qudratli siyosiy kuch. 338 yil tarqatib yuborilgan, 3-2-asrlarda qayta tiklangan, miloddan avvalgi 146 yil Yunoniston Rim tomonidan bosib olingach, barham topgan.