BERNADOTLAR

BERNADOTLAR — hozirgi shved qirollari sulolasi. Sulola asoschisi — Frantsiya marshali J. B. Bernadot bo’lib, u 1810 yilda shved riksdaga tomonidan Karl XIII ning shahzoda valiahdi qilib saylangan. Shvetsiyada Bernadotlar sulolasining qaror topishi mamlakatni burjua monarxiyasiga aylanishini tezlashtirgan. Bernadotlar vakillari: Karl XIV Yuxan (1818-44 yillarda hukmronlik qilgan). Oskar I (1844-59), Karl XV (185972), Oskar II (18721907), Gustav V (1907-50) va Karl XVI Gustav (1973 yildan qirol).