Kuchala
Kuchala — to’pgul xili. Masalan, terak, oq qayin va boshqalar guli.
Kuchala — to’pgul xili. Masalan, terak, oq qayin va boshqalar guli.
Ko’knordoshlar — ikki pallali o’simliklar oilasi, ko’knoridan оliу navli тоу, morfin, papaverin tayyorlanadi.
Kuzgi ekinlar — rivojlanishi va me’yorli o’sishi uchun past harorat talab qiluvchi bir yillik o’simliklar. Shuning uchun ularni kuzda ekilib, qishlaydi.
Kuyindi, jizg’in — o’simlik o’sayotgan joyning o’t ketgan yoki kuyib bitgan qismi.
Kuyikish davri — sut emizuvchi hayvonlarning juftlashish davridagi xulq-atvorlarining ko’rinishi. Mavsumiy xarakterga ega.
Кutin — Mumsimon parda — o’simliklarning epidermis hujayralaridan ajraladigan va hujayra qobig’i yuzasida Yupqa parda ko’rinishida yig’iladigan mumsimon modda.
Kutikula — hayvonlarda epithelial to’qima yuzasida paydo bo’lgan hujayrasiz hosil; o’simliklarda esa роуа, barg va ayrim mevalar yuzasini qoplagan yupqa yaltiroq parda. Kutikula yog’simon kutin moddasidan tashkil topgan.
Kustarnik, buta — ko’p yillik, bo’yi 2-3 m dan oshmaydigan, yerning yuza qismidayoq sershox yog’ochlangan tana hosil qiluvchi o’simliklar (masalan, na’matak).
Kurtaklanish — vegetativ ko’payish usullaridan biri. Bunda оnа organizmida kurtak — o’simta rivojlanib, undan yangi individ shakllanadi va ajralib chiqadi.
Kurtak — o’simliklarning poyasi, guli, gulto’plami va boshqa qismlarini hosil qiluvchi boshlang’ich o’sish organi.