ALBUSID

ALBUSID, natriy sulfasil — sulfanilamid preparatlaridan biri; streptokokk, gonokokk, pnevmokokk va boshqa infektsiyalarga samarali ta’sir etadi. Ko’z kasalliklarini davolashda ishlatiladi.

ALBUMINLAR

ALBUMINLAR (lotincha albumen — tuxum oqsili) — hayvon va o’simlik to’qimalari tarkibiga kiradigan oddiy oqsillar; tuxum oqi, qon zardobi, sut, o’simliklar urug’ida bo’ladi. Albuminlar past molekulyar og’irlikka ega; suvda, kuchsiz … Read More

ALBUKERKE

ALBUKERKE — AQSh Janubiy- g’arbidagi shahar. Nyu-Meksika shtatida, Rio-grandi daryosi bo’yida joylashgan. Aholisi 385 ming kishi (1990, shahar atrofi bilan 449 ming kishi). Xalqaro aeroport bor. Atom energetikasi tadqiqotlarining yirik … Read More

ALBOM

ALBOM (Fransuzcha album) — 1) rasm chizish, dastxatlar yozdirish, markalar to’plash, fotosuratlar qo’yish uchun mo’ljallab muqovalangan varaqlar majmui; 2) kitob shaklida nashr etilgan (ko’pincha izoh bilan) reproduktsiyalar, fotosuratlar, talh (chizgi)lar … Read More

ALBISSIYA

ALBISSIYA (Albizia) — burchakdoshlar oilasiga mansub daraxt va butalar turkumi. 50 ga yaqin turi bor. Asosan tropik va subtropik hududlar (Eron, Hindiston, Efiopiya, Zakavkazye) da yovvoyi holda uchraydi. Barglari juft … Read More

ALBIT

ALBIT (lotincha albus — oq) — plagioklazlar guruhiga mansub jins hosil qiluvchi mineral. Kimyoviy formulasi— Na [AlSi3OJ. Qattiqligi 6-6,5. Sof og’irligi 2,6. Rangi oq, bo’z-sariq pushtiroq; kristall donalari mayda. Shishaga … Read More

ALBINIZM

ALBINIZM (lotincha albus — oq) — odam va hayvonlar terisi va ko’zining rangdor pardasida pigmentning (yuksak o’simliklar tanasi yoki organlarining bir qismida yashil rangning) bo’lmasligi. Albinizm — irsiy belgi bo’lib, … Read More

ALBERTINA

ALBERTINA — Vena shahridagi grafika asarlari ko’rgazmasi, dunyoda eng boy to’plamlardan: 35 mingdan ziyod rasm, miniatyura asarlari, 1 milliondan ortiq gravyura va litografiya, plakatlar mavjud. Rafael, A. Dyurer, P. Rubens, … Read More

ALBERTI

ALBERTI (Alberti) Leon Battista (1404.18.11, Genuya — 1472.25.4, Rim) —italyan olimi, me’mor, yozuvchi va musiqashunos. Uyg’onish davrida yashab ijod etgan. Paduya va Bolonyada ta’lim olgan. Rim va Florentsiyada yashab ijod … Read More