AKSELEROMETR

AKSELEROMETR (lotincha accelero — tezlataman va Yunoncha metreo — o’lchayman) — mashinalar, dvigatellar va hokazolar, kosmik uchish apparatlari, raketalar, samolyotlar va boshqa harakatlanuvchi ob’yektlarda paydo bo’ladigan tezlanishni (o’ta yuklanishni) o’lchaydigan … Read More

AKSELEROGRAF

AKSELEROGRAF (lotincha accelero — tezlataman va …graf) — qayd qilish (yozib borish) qurilmasi bo’lgan akselerometr. Aviatsiya, vibrometriya (titrashni o’lchash) va seysmologiyada qo’llaniladi.

AKSELERATOR

AKSELERATOR (lotincha accelero — tezlataman) — ichki yonuv dvigateliga karbyuratordan tsilindrga keladigan yonuvchi aralashma miqdorini yoki dizellarda nasosdan keladigan yonilg’i miqdorini rostlab turuvchi moslama. Dvigatel valining aylanishlar sonini o’zgartirish (oshirish … Read More

AKS ETTIRISH

AKS ETTIRISH — matematika tushunchalaridan biri. Ikki ixtiyoriy X va Y to’plam hamda biror qonun (qoida) berilgan bo’lib, bu qonunga binoan X ning har bir x elementiga Y ning aniq … Read More

AKS SHU’LA

AKS SHU’LA — osmonning Quyoshga diametrial qarama-qarshi tomonida tumansimon, yoyiq dog’day ko’rinadigan kuchsiz shu’la. Sayyoralararo changga tushayotgan quyosh nurlarining qaytishidan hosil bo’ladi. Aks shu’lani faqat Oydinsiz, Tim qorong’i va havo … Read More

AKS SADO

AKS SADO — tovushning biror to’siqqa urilib undan qaytishi. Aks sado tovush chiqqan paytdan kamida 0,05— 0,06 sekund keyin kelsagina eshitiladi. Aks sado tabiatda tog’li, o’rmonzor yoki stadion singari joylarda … Read More

AKROTERIY

AKROTERIY (Yunoncha akroterion) — haykaltaroshlik bezagi (haykal, palmetta va boshqalar), klassik orderlarni qo’llab qurilgan me’moriy inshoot fronton burchaklari ustiga joylashtiriladi.

AKROSTIX

AKROSTIX (Yunoncha akrostichis, akros -chekka va stichos — satr) — she’r turi. Har bir satr bosh harfidan (tepadan pastga qarab o’qilganda) biror ism (so’z yoki ibora) kelib chiqadi.

AKROSOMA

AKROSOMA (Yunoncha akron — cho’qqi va soma — tana) — spermatozoid boshchasi ustidagi g’ilofcha. Zich tanacha shaklida yotadi. Akrosoma urug’lanish uchun zarur tuzilma. Akrosomada tuxumhujayra qobig’ini yemiradigan gialuronidaza fermenti bo’ladi.

AKROPOL

AKROPOL (Yunoncha akros — yuqori, polis — shahar) — yunon shaharlarining muhofazalangan va balandlikka joylashgan qismi, yuqori shahar. Afina Akropolining qadimgi mudofaa devorlari miloddan avvalgi 2 — ming yillikka oid. … Read More