AKKAD TILI

AKKAD TILI (qadimgi shahar Akkad nomidan) — mashxur som tillarining eng qadimgisi. Ikki dialektga — Bobil va ossuriy dialektlariga ega, shu bois ko’pincha u Bobil-ossuriy (yoki ossuriybobil) tili deb ham … Read More

AKKAD

AKKAD (Agade) — Mesopotamiyadatn qadimgi shahar, hozirgi Bag’dodning Janubi-g’arbida. Aniq joylashgan yeri ma’lum emas. Miloddan avvalgi 24-22 — asrlarda — Mesopotamiya va Elamdan tarkib topgan davlat markazi. Akkad nomi keyinchalik … Read More

AKKA

AKKA — O’rta dengiz sohilidagi shahar. Isroil davlatida. Qadimda Akko deb atalgan. Janubiy Finikiyaning yirik savdo markazi bo’lgan. Ilk bor miloddan avvalgi 15-asrga oid manbalarda zikr qilinadi. Miloddan avvalgi 8-4 … Read More

AKIXITO

AKIXITO (1933.23.12, Tokio), Yaponiya imperatori. Imperator Xiroxitoning katta o’g’li. 1940-52 yillarda Gakusyuindagi perlar (oliy aristokratiya vakillarining unvoni) va oliy yerlar maktabida o’qigan. 1956 yil Gakusyuin untining siyosiy iqtisod fakultetini tugatgan. … Read More

AKIF

AKIF (Akif) Mexmet (taxallusi; asl ismi Ersoy, Mulla surat ismi bilan ham tanilgan) (1873 — Istanbul — 1936.27.12) — turk shoiri, publitsist. 1925-35 yillarda Qohirada yashagan, turk adabiyotidan daryo bergan. … Read More

AKITA

AKITA — Yaponiyadagi shahar, Xonsyu orolining shimoli-g’arbida, Omono daryosi etagida; Akita prefekturasining ma’muriy markazi. Aholisi 304 ming (1991). Temir yo’l stantsiyasi; neft-kimyo, yog’ochsozlik, rangli metallurgiya, hunarmandchilik korxonalari bor. Ipak gazlamalar … Read More

AKINEZIYA

AKINEZIYA (Yunoncha a — inkor qo’shimchasi va kinesis — harakat) — faol harakatlar bo’lmasligi, ixtiyoriy harakatning qiyinlashuvi. Bosh miya po’stloq osti to’qimalarining yallig’lanishi, jarohatlanishi, tushkunlik holatlari, ayrim dorilarni suiiste’mol qilish … Read More

AKINAK

AKINAK (Yunoncha akinakes) — xanjar (40— 60 santimetr)]. Sak, skif va forslarda miloddan avvalgi 1 — ming yillik o’rtasi va 2-yarmida qo’l jangida sanchuvchi qurol sifatida ishlatilgan. Amudaryo xavzasidan topilgan … Read More

AKVITANIYA

AKVITANIYA — Frantsiyaning Janubi-g’arbidagi tarixiy viloyat. Qadimda — Rim provintsiyasi. O’rta asrlarda — gersoglik, 1137 yil frantsuz mulklariga qo’shib olingan, 1154 yil ingliz qirollari mulki. 13 — asrdan Gien deb … Read More