AYNLI
AYNLI, oynli, oyilli — Qo’ng’irot o’zbeklari tarkibiga kirgan qabilalardan biri. Aynli ikki katta bo’limga, har bir bo’lim yana kichik urug’larga bo’linadi. 1) Oqto’nli: Beshbola, Oytamg’ali, Oqtana, turkman, Churan va boshqa; … Read More
AYNLAR — Xokkaydo oroli (Yaponiya)da yashaydigan xalq; umumiy soni 20 mingga yaqin (1992). Ayn tilida so’zlashadi. Baliqchilik va dehqonchilik bilan shug’ullanadi. Dindorlari budda diniga e’tiqod qiladi.
AYNIYAT QONUNI — to’g’ri, mantiqiy fikrlashning muhim qonunlaridan biri. Ayniyat qonuni mantiq fani (formal mantiq) da o’rganiladi. Ayniyat qonuni ham tafakkurning boshqa qonun va shakllari singari predmet, hodisalarning ma’lum ob’yektiv … Read More
AYNIYAT (matematikada) — tenglikda ishtirok etayotgan belgilarning barcha yaroqli qiymatlari uchun o’rinli tenglik.
AYNIYLIK PRINTSIPI – kvant mexanikannng asosiy qonuni. Ayniylik printsipiga muvofiq bir xil zarralarni birbiridan farq qilish mumkin emas. Klassik mexanikada fizik xossalari (massasi, zaryadi va hokazolar). Ayniy (bir xil) bo’lgan … Read More
AYNIY SURILMASI — 1964 yil 24 aprel. Toshkent vaqti bilan soat 13 dan 30 minut o’tganda Zarafshon daryosining yuqori oqimida, Tojikistondagi Ayniy (sobiq Zahmatobod) qishlog’idan 1 kilometr yuqorida (Samarqand shahridan … Read More
AYNIY ZARRALAR — fizik xossalari (massasi, elektr zaryadi, spini va hokazolar) bir xil bo’lgan zarralar; kvant mexanikoyu bunday zarralarni mohiyat jihatdan farq qilib bo’lmaydi, deb qaraladi.
AYNIGAN YARIMO’TKAZGICH — tok o’tkazishda qatnashuvchi elektronlar yoki «teshiklar» kontsentrasiyasi yetarli darajada yuqori (1018-1020 santimetr kub) bo’lgan yarimo’tkazgich. Bunda elektronlar yoki «teshiklar» gazi aynish holatida bo’ladi (nomi shundan). Fermi sathi … Read More
AYNIGAN ELEKTRON GAZ — xossalariga zarralar ayniyligi sezilarli ta’sir ko’rsatuvchi elektron gaz. Nazariy jihatdan elektron gazni mutlaq nol temperaturada batamom aynigan deyish mumkin. Aynigan elektron gaz modeli metallarning hozirgi zamon … Read More