AI JAL

AI JAL (Ayzaul) — Hindistondagi shahar, Mizoram shtatining ma’muriy markazi. Aholisi 154 ming kishi (1991). Hunarmandchilik buyumlari ishlab chiqariladi.

AID

AID (Gades, Pluton) — yunon mifologiyasida yer osti dunyosi va o’liklar saltanatining xudosi. Shuningdek mazkur saltanatning o’zi ham Aid deb atalgan.

AZFARIY

AZFARIY (taxallusi; asl ismi Mirza Alibaxt) (1760, Dehli — 1819, Madras) — shoir, olim, tarjimon. Boburiylar sulolasidan. Musiqa, harb va tabobat ilmini mukammal o’rgangan, turkiy, urdu, forsiy va Arab tillarida … Read More

AZURIT

AZURIT (Fransuzcha L’azur, Arab, lojuvard — havo rang tosh, Lazur) — mineral. Qattiqligi 3,5—4. Sof og’irligi-3,89. Rangi to’q ko’k. Monoklin sistemasida taxtacha va prizmalar hosil qilib kristallanadi. Ko’pincha kukunsimon uyum … Read More

AZULENLAR

AZULENLAR — [bitsiklo (5.3.0) dekapentanlar], o’zaro kondensiyalangan 5 va 7 halqadan iborat bekzoid Aromatik birikmalar. Eng sodda vakili azulendir (I). Azulen ko’k rangli plastinka holidagi modda. Suyuqlanish temperaturasi 98,5—99°, qaynash … Read More

AZROIL

AZROIL — Islom dinida to’rt bosh farishtadan biri, jon oluvchi farishta. Rivoyatlarga ko’ra, Azroil dastlab oddiy farishta bo’lgan, Alloh Odamatoni yaratish uchun farishtalarni yerdan tuproq olib kelishga yuboradi. Yer qarshilik … Read More

AZOTFIKSATSIYA

AZOTFIKSATSIYA, azot to’plash — mikroorganizmlarning molekulyar azotni o’zlashtirib, undan azotli birikmalar hosil qilish jarayoni. Asosiy azot to’plovchi mikroorganizmlar tuganak bakteriyalardir. Ularga dukkaklilarda va boshqa o’simliklar bilan simbioz yashab, atmosfera azotini … Read More

AZOTOLLAR

AZOTOLLAR, naftollar — qattiq, rangsiz moddalar. Suvda erimaydi, ishqorlar bilan qizdirilganda tuz hosil qilib, eriydigan holga o’tadi. Ishqoriy muhitda Azotollar gazlamaga birikib, so’ngra diazobirikmalar bilan ishlanganda mustahkam rang hosil qiladi. … Read More

AZOTOBAKTERIN

AZOTOBAKTERIN, azotogen-tarkibida mikroorganizmlar (azotobakter) bo’lgan bakterial o’g’it; azotobakter atmosferadagi azotni o’zlashtirib, uni o’simlik oson o’zlashtira oladigan shaklga aylantirib beradi. Tuproqli Azotobakterin (bunda neytral tuproq substrat vazifasini o’taydi) hamda agarli Azotobakterin … Read More

AZOTLI O’G’ITLAR

AZOTLI O’G’ITLAR — tarkibida azot bo’lgan va o’simliklarning azot bilan oziqlanish manbai sifatida qo’llaniladigan organik hamda anorganik moddalar, o’simliklarni azot bilan oziqlantirish manbai. Azotli o’g’itlar 1914-18 yillarda ammiakni havodagi azot … Read More