ARTEMIYA

ARTEMIYA (Artemia salina) — jabraoyoqlilar turkumiga mansub qisqichbaqasimonlarning bir turi. Uzunligi 0,8 — 1 santimetr. Erkagining antennasi tutuvchi organga aylangan bo’lib, kuyikish davrida urg’ochisini ushlab turish uchun xizmat qiladi; antennalari … Read More

ARTEMIDA

ARTEMIDA — yunon afsonalarida ov xudosi, ayollar homiysi. Zevs va Letoning qizi. Apollonning egizak singlisi. Boshida o’q-yoy, ba’zan yarim oy holatida tasvirlangan. Rim afsonalaridagi Diana timsoliga mos keladi.

ARTEL

ARTEL — fuqarolarning birgalikda xo’jalik faoliyati yuritish maqsadlarida tuzgan ixtiyoriy uyushmasi shakllaridan biri. Aksariyat hollarda Artel atamasi mehnat jarayonlarini birgalikda bajarish uchun tuzilgan shirkatlarga (baliq ovlash, qishloq xo’jalik artellari) yoki … Read More

ARTEK

ARTEK — bolalarning iqlimiy shifoxonasi. 1925 yil tashkil etilgan. Qrimda, qora dengiz bo’yida, Gurzuf yaqinida joylashgan. 1991 yilgacha Butunittifoq pionerlar lageri, 1991 yil maydan xalqaro bolalar markazi. Artekning me’moriy majmuasi … Read More

ARTEZIAN QUDUG’I

ARTEZIAN QUDUG’I — artezian suvlari chiqadigan burg’i qudug’i. Yer osti suvlaridan xalq xo’jaligida foydalanish maqsadlarida qaziladi. Artezian qudug’i artezian suvli qatlamning joylashish chuqurligiga qarab ayrim hollarda 3000 — 5000 metrga … Read More

ARTEZIAN SUVLARI

ARTEZIAN SUVLARI – bosim ta’sirida bo’lgan yer osti suvlarining bir turi, suv o’tkazmaydigan qatlamlar oralig’ida hosil bo’ladi, ular ochilganda suv burg’i quduqlardan fontan shaklida otilib chiqadi. Artezian suvlari Yevropada birinchi … Read More

ARTASHES I

ARTASHES I (Artaksiy) (? — taxminan miloddan avvalgi 160) — arman shohi (miloddan avvalgi 189 -160), sarkarda, arman podshohligi va Artasheslar sulolasining asoschisi. Miloddan avvalgi 190 yil armanlarning salavkiylarga qarshi … Read More

ARTASHAT

ARTASHAT — Armanistondagi shahar (1961 yildan), Arake daryosi bo’yida. Temir yo’l stantsiyasi. Yerevan-Julfa avtomobil yo’li yoqasida. Aholisi 32,3 ming kishi (1989). Vino va konserva tayyorlash, yengil, yog’ochsozlik, mashinasozlik va metallsozlik … Read More

ARTAKSERKS

ARTAKSERKS — Axomaniylar sulolasidan bo’lgan Eron shohlari. Artakserks I Dasti uzun, miloddan avvalgi 465 — 424 yillarda hukmronlik qilgan. Otasi — Kserks I fitna natijasida o’ldirilgach, taxtga o’tirgan. Hukmronligining dastlabki … Read More

ARTABOZ

ARTABOZ — axomaniylarning ba’zi sarkardalari ismi: 1) Kserksning sarkardasi. Kserksning miloddan avvalgi 480 yil Yunonistonga qilgan yurishida Plateya jangi (miloddan avvalgi 479 yil) paytida qo’shin qanotlaridan biriga qo’mondonlik qilib, jang … Read More