DEHLI SULTONLIGI

DEHLI SULTONLIGI — Hindistondagi davlat (1206-1526). Poytaxti — Dehli shahri. G’uriylar davlati tomonidan 12-asr oxirida shimoliy Hindiston bosib olingach, barpo etilgan; Muhammad G’uriyning Hindistondagi noibi Qutbiddin Oyboq o’zini Sulton deb … Read More

DEHQON VA FERMER XO’JALIKLARI UYUSHMASI

DEHQON VA FERMER XO’JALIKLARI UYUSHMASI, O’zbekiston Respublikasi dehqon va fermer xo’jaliklari uyushmasi — O’zbekiston Respublikasidagi dehqon va fermer xo’jaliklarining ixtiyoriy uyushmasi. O’zbekistan Respublikasi Prezidentining 1998 yil 9 apreldagi «xususiy tadbirkorlikni, … Read More

DEHLI JOME MASJIDI

DEHLI JOME MASJIDI — Hindistondagi me’moriy yodgorlik (1644— 58). Boburiylardan Shohjahon qurdirgan. Masjid 3 xonaqoxdan iborat. Bosh tarzi qizil qumtoshdan ishlangan. Peshtog’i chuqur ravoqli, muqarnas bilan bezatilgan, uning ikki yonidagi … Read More

DEHLI

DEHLI — Hindiston poytaxti va Dehli ittifoqdosh hududining ma’muriy markazi. Aholisi 9,4 million kishi (1997). Hindistonning shimoli-g’arbida Jamna daryosi bo’yida, dengiz sathidan 216 metr balandlikda joylashgan. Dehlida iyul oyining o’rtacha … Read More

DE-YURE

DE-YURE (lotincha de jure — qonuniy, rasmiy) — qonunga asoslangan huquq, maqom; xalqaro huquqda davlat yoki hukumatning to’la e’tirof etilishi.

DEEMULGIRLASH

DEEMULGIRLASH – emulsiya (bir-biriga aralashmaidigan ikki suyuqlikdan iborat dispers sistema) ni parchalash jarayoni. Masalan, sutning yog’ini ajratib olish uchun qo’llaniladi. Deemulgirlash usullari: 1) tsentrifuga yordamida (markazdan qochirma kuch ta’sirida suyuqlikdagi … Read More

DESHIFROVKA

DESHIFROVKA (Fransuzcha dechiffrer -ma’nosini yechmoq) -1) notanish xatlar yoki shifrli yozuvlarni shartli belgilar vositasida o’qish; qad. yozma yodgorliklarning mag’zini chaqishda qo’llaniladi. Bunda maxsus usullardan foydalaniladi; 2) yerda olingan fotosuratlar, Aero … Read More

DESHIFRATOR

DESHIFRATOR (Fransuzcha dechiffrer -ma’nosini yechmoq) — xabarlarni o’qiydigan (dekodlaydigan) va undagi axborotlarni qabul qiluvchi tizim tiliga (kodiga) o’tkazadigan qurilma; aloqa, telemexanika, radiolokasiya qurilmalari va boshqalarda beriladigan axborot signallarini nazorat qiladi. … Read More

DESIS

DESIS — piretroidlar guruhiga mansub bo’lgan insektisid. Desis tarkibida 1 litrida 25 gramm ta’sir etuvchi dekametrin moddaga ega emulsiyalanuvchi kontsentrat shaklida ishlab chiqariladi. Desis O’zbekistonda ekinlarni zararkunandalardan himoya qilish maqsadida … Read More

DIFMANOMETR

DIFMANOMETR, differentsial manometr — bosimlar farqini o’lchaydigan asbob. Bosimlar farqi bo’yicha suyuqliklar sathini, bug’, gaz, suyuqliklar sarfini o’lchashda ham ishlatiladi. Ishlash tarziga ko’ra suyuqlikli va mexanik Difmanometrlarga bo’linadi. Suyuqlikli Difmanometrning … Read More