DING
DING — karvon yo’llarida maxsus qurilgan minorasimon qorovulxona. Ichida istiqomat xonalari, tepasida kuzatish qafasasi bo’lgan. Ular orqali favqulodda xabar (yov bosqini, suv toshqini kabi)lar tezlik bilan mamlakat markaziga yetkazilgan.
DING — karvon yo’llarida maxsus qurilgan minorasimon qorovulxona. Ichida istiqomat xonalari, tepasida kuzatish qafasasi bo’lgan. Ular orqali favqulodda xabar (yov bosqini, suv toshqini kabi)lar tezlik bilan mamlakat markaziga yetkazilgan.
DINAMONLAR — portlovchi moddalar; ammoniy nitrat va yonuvchi moddalar (torf, qipiq, kunjara, alyuminiy bilan kremniy qotishmasi va hokazolar) kukuni aralashmasidan iborat. Shaxtalar va tog’larni portlatishda ishlatiladi.
DINAMO PO’LATI, magnit xossalari sust, ammo mexanik xossalari yuqori bo’lgan po’lat. Tarkibida 0,5— 2,5% Si (kremniy) va 0,1 gacha S (uglerod) bo’ladi. Dinamo po’latidan o’zgarmas tok generatori (dinamomashina) detallari tayyorlanadi.
DIONIS — yunon mifologiyasidagi uzumchilik hamda vinochilik xudosi. Zevs bilan fivalik Malika Semelaning o’g’li. Dionis sharafiga bag’ishlangan bayramlar o’ta xushchaqchakdik, kayf-safo bilan o’tgan.
DIPLOMATIK KORPUS – keng ma’noda — muayyan mamlakatda akkreditasiya qilingan diplomatik vakolatxonalarning barcha diplomatik xodimlari (oila a’zolari bilan); tor ma’noda — faqat diplomatik vakolatxonalar boshliqlari. Diplomatik korpus nomidan, odatda, duayen … Read More
DIPTER (Yunoncha dipteros) — Yunonistondagi ibodatxonaning bir turi. Atrofi ikki qator ustunli ayvon bilan o’ralgan to’g’ri burchakli katta xona (masalan, Efesdagi Artemida ibodatxonasi, miloddan avvalgi 6-asr, hozirgi Turkiya hududida).