DIABET

DIABET (Yunoncha diabaino — o’taman, o’tib ketaman) — ko’plab siydik chiqishi bilan davom etadigan har xil kasalliklarning umumiy nomi. Bulardan qandli diabet bilan qandsiz diabet ko’proq uchraydi.

DIA…

DIA… (Yunoncha dia…) — boshqa tillardan o’zlashtirilgan, to’ppa-to’g’ri harakatni, kirib borishni, bo’linishni, o’zaro yaqinlikni, kuchaytirishni, tugallikni anglatuvchi so’zlardagi old qo’shimcha (diagenez, diamagnetizm, diapozitiv).

DIAZOBIRIKMALAR

DIAZOBIRIKMALAR — diazoguruhli organik moddalar. Faqat bir organik radikal bilan bog’langan ikki atom azot diazoguruh deb ataladi. “Diazobirikmalar” termini turli birikmalar turkumiga taallukli. Diazobirikmalar alifatik va aromatik Diazobirikmalarga bo’linadi. Alifatik … Read More

DIADOXLAR

DIADOXLAR (Yunoncha, diadochos — voris, merosxo’r) — Aleksandrning yirik lashkarboshi va safdoshlari. Uning vafotidan so’ng oliy hokimiyatni egallash va imperiyani bo’lib olish uchun kurash olib borishgan. Diadoxlar orasida Perdikka, Antipatr, … Read More

DIAGRAMMA

DIAGRAMMA (Yunoncha diagramma — chizma, rasm, shakl) — muayyan miqdorlar (temperatura, bosim va boshqalar) o’rtasidagi bog’lanishni grafik tarzda ifodalash (yaqqol ko’rsatish) usullaridan biri. Masalan, statistikada ma’lumotlarni geometrik shakllar (tekisliklar, chiziqlar, … Read More

DIAGONAL

DIAGONAL (Yunoncha diagonios — burchakdan burchakka boruvchi) — 1) ko’pburchak Diagonali — ko’pburchakning bir tomonida yotmaydigan ikki uchini birlashtiruvchi to’g’ri chiziq kesmasi.

DIAGNOSTIKA VOSITALARI

DIAGNOSTIKA VOSITALARI — patologik jarayonning qayerda ekanligini aniq bilish uchun ishlatiladigan kimyoviy moddalar. Rentgenkontrast preparatlar (havo, kislorod kabi gazeimon moddalar, bilignost, kardiotrast, triotrast va boshqa yodli preparatlar, bariy sulfat), radioaktiv … Read More

DIALEKTOGRAFIYA

DIALEKTOGRAFIYA — dialektologiya bo’limi. Muayyan til dialektlariga xos xususiyatlarni belgilovchi unsurlarning hududlar bo’yicha tarqalganligini o’rganadi.