Jo`na, jun
Jo`na, jun — uzunasiga cho`zilib ketgan balandlik tepa, qir, suvayirg`ich. Geografik nomlar tarkibida ham uchraydi. Masalan, Jo`nariq.
Jo`na, jun — uzunasiga cho`zilib ketgan balandlik tepa, qir, suvayirg`ich. Geografik nomlar tarkibida ham uchraydi. Masalan, Jo`nariq.
Jo`ybor — kanal, daryo, ariq, ba’zan ariq bo`yidagi joylar; tarixiy manbalarda, xususan vaqfnomalarda ko`p uchraydi.
Jimbuloq — buloq ko`zi bilan suvli qatlam sathi teng bo`lgan, suv suvli qatlam jinslari orasidan sizib chiqadigan buloq. Bunday buloqlar ko`pincha sizot suvlar tarqalgan yerlarda bo`ladi.
Jim — daryolar o`zanining suv sekin oqadigan chuqur qismlari.
Jilg`a — qor-yomg`ir suvlaridan hamda buloqlardan paydo bo`lgan oqar suv, kichik soy. O`rta Osiyoda ko`pchilik jilg`alar yozda surib qoladi.
Jang`oq — notekis, pasti-baland, o`r-qir yer. Suv, shamol eroziyasi natijasida hosil bo`ladi.
Jiltir muz — yut. Qishda kun ilib, qor erib, uning ketidan sovuq kelishi natijasida hosil bo`ladi. Ho`l qor muz bo`lib qotadi. Yaylovdagi chorva uchun juda xavfli.
Jar-julg`a — yer yuzasini ko`pdan-ko`p jarlar unqir-cho`nqir qilib yuborgan joy; tilingan yer; buzuq yer. O`rta Osiyoda tog` oldi lyoss tekisliklarida ko`p uchraydi.
Jilg`a – qor, yomg`ir suvlaridan hamda buloqlardan paydo bo`lgan oqar suvlar – ular birlashib daryo bo`ladi.