Loslamoq
Loslamoq – teshik-tirqishlarga los, paxta va shu kabilarni tiqib berkitmoq, zichlamoq.
Loslamoq – teshik-tirqishlarga los, paxta va shu kabilarni tiqib berkitmoq, zichlamoq.
Loyqum (loyli qum) – 1) qum miqdori ko’p bo’lgan bo’sh tuproq; 2) asosan, qumli va loyli zarralardan tashkil topgan, taxminan 3-10% loyli, pelit yoki loy zarralari qo’shilgan bo’sh tosh yoki … Read More
Loyxona – loy tayyorlaydigan, sho’rini (tuzini) yuvadigan, pishitadigan chuqur joy.
Loyqatish – aralashtirgich, pufakcha yoki havo ko’taruvchi vositalar yordamida suyuqlikni qattiq maydalangan material bilan intensiv aralashtirish usuli.
Loyqa surgich – tublarni chuqurlashtirish va noruda materiallarni qazib olish ishlariga mo’ljallangan texnik flot qayig’i. Masalan: ko’p cho’michli loyqa surgich, bir cho’michli loyqa surgich va hokazolar.
Loyqa (bo’tana) – qum, tuproqdan iborat suyuq aralashma.
Loyqa (quyqa) – qattiq komponentning mayda zarrachalar shaklida tortilgan holatda suyuq komponentda tarqalgan moddalar aralashmasi. Masalan: asbest-tsement quyqasi loyqa, suyuq loyqa, tsement quyqasi va hokazolar.
Loykash – loy tayyorlovchi, loy ishlarini bajaruvchi shaxs.
Loyihachi (loyihalash) – butun mahsulot yoki majmua konsepsiyaning tashuvchisi bo’lgan konsepsiyani ishlab chiqish va murakkab mahsulotlar dizayni bo’yicha mutaxassis.
Loyiha-smeta hujjatlari – matnli va grafik materiallardan iborat, arxitektura, funksional-texnologik, konstruktiv, injener-texnik qarorlar va qurilishni ta’minlash uchun resurs smeta hujjatlarni aniqlovchi hujjat.