O’ROV (QADOQLASH)
O’ROV (QADOQLASH) — l) tovar solinuvchi, joylashtiriluvchiidish, material. Tovar ishlab chiqarilgandan so’ng uning xususiyatlarini saqlash hamda yukni tashishda qulaylik yaratish uchun mo’ljallanadi; 2) muhim reklama manbai.
O’ROV (QADOQLASH) — l) tovar solinuvchi, joylashtiriluvchiidish, material. Tovar ishlab chiqarilgandan so’ng uning xususiyatlarini saqlash hamda yukni tashishda qulaylik yaratish uchun mo’ljallanadi; 2) muhim reklama manbai.
O’RINDOSH TOVARLARNI ALMASHTIRISH SAMARASI iste’molchining iste’mol majmuasiga kiruvchi ne’matlardan binning narxi o’zgarishi natijasida iste’mol tarkibining o’zgarishi.
O’RINDOSH TOVARLAR — iste’mol qilishda bir-birining o’rnini bosuvchi tovarlar yoki bir xil ehtiyojni qondiruvchi tovarlar.
O’RGANISH EGRISI — berilgan bitta mahsulotni ishlab chiqarish vaqti va bu mahsulotdan oldin ishlab chiqarilgan mahsulotlar soni orasidagi bog’liqlikni ko’rsatuvchi grafik.
O’QUV SEMESTRI — oliy ta’lim muassasasida o’quv yilining yarmini tashkil etuvchi o’zaro bog’langan fanlarning ma’lum majmuyini o’zlashtirishga mo’ljallangan va ular bo’yicha yakuniy nazorat bilan tugallanadigan qismi.
O’QUV YILI — oliy ta’lim muassasasida bir ta’lim kursini yakunlashga mo’ljallangan o’quv faoliyati davri. O’quv yili ikki kalendar yil bilan belgilanadi, masalan, 2016/2017 o’quv yili.
O’QUV REJASI — oliy ta’limning muayyan bakalavriat ta’lim yo’nalishi yoki magistratura mutaxassisligi bo’yicha o’quv faoliyati turlari, o’quv fanlari va kurslarining tarkibi, ularni o’rganishning izchilligi va soatlardagi hajmini belgilaydigan hujjat.
O’QUV FANLARI BLOKI — o’quv rejalari va fanlar dasturlarining kadrlar tayyorlash jarayonida aniq maqsad va vazifalarga erishish uchun muayyan bilim sohasi yoki faoliyatning o’zlashtirilishini ta’minlaydigan o’quv fanlarini birlashtiruvchi tarkibiy qismi.
O’QUV FANI DASTURI — ta’lim mazmuni, uning talabalar tomonidan o’zlashtirilishining eng maqbul usullari, axborot manbalari ko’rsatilgan normativ hujjat.
O’RTACHA QIYMAT — asosiy vositalar, nomoddiy aktivlar, lizing shartnomasi bo’yicha sotib olingan vositalarning hamda ishga tushirilmagan mulklar qiymatining yil boshi va oxiridagi summalarining yarmi, boshqa oylar boshidagi balans qiymatining to’liq … Read More