Quyg`in
Quyg`in — ekin sug`orilganda oqova suv tashlab yuboriladigan joy. Amudaryo etagida qo`llaniladigan atama.
Quyg`in — ekin sug`orilganda oqova suv tashlab yuboriladigan joy. Amudaryo etagida qo`llaniladigan atama.
Qoraqum — ustini o`simlik qoplab yotadigan, mustahkamlangan qumlar.
Quyosh toji — quyoshning tashqi, eng ko’p cho’zilgan qatlami.
Qoraxarsang — Qoraqum cho`lida gryada qumlari orasidagi cho`l yo`sini bilan qoplangan botiq, soylik.
Qorliq — oftob va shamol tegmaydigan joylarda issiq paytlarda ham erimay yotadigan qor va muzlar to`plami.
Qora dovul — chang-to`zon bo`roni, yomg`irsiz qattiq shamol. Ko`pincha yozda va kuzda esadi. Bahor yomg`irsiz quruq kelganda ham bo`ladi.
Qopchig`ay — tog`lardagi daryo oqib o`tuvchi chuqur, tog`, dara; ohaktoshdan tuzilgan tizmalarni daryolar ko`ndalangiga kesib o`tgan daralar odatda shunday bo`ladi. Masalan, Boysun soyligidan Surxondaryo vodiysigacha o`tuvchi Oqqopchig`ay darasi.
Qoldiq tog` — qadimda baland o`lkaning yemirilishidan qolgan va qattiq tog` jinslaridan tuzilgan yakka-yakka balandliklar. Nurash qoldiq tog`lari, supa qoldiq tog`lar, yuvilma qoldiq tog`lar bo`ladi.
Qovoq — daryo va ko`llarning baland qirg`og`i, jarlik, baland terrasa. Joy nomlari tarkibida ham bor: Oqqovoq, Qovoqtov.