VALYUTA AUKTSIONI

VALYUTA AUKTSIONI — chet el valyutasining milliy valyutaga kimoshdi savdosi orqali kelishilgan narxlarda sotilishi. Auktsionda korxonalar, firma, tashkilot, aktsiyador jamiyatlar va fuqarolar ishtirok etishi mumkin. Ixtiyorida chet el valyutasi bo’lgan … Read More

VALNE’MA

VALNE’MA, valiyne’mat — Turkistonda mavjud bo’lgan unvonlardan biri. 18-asrning birinchi yarmida mustaqil Shahrisabz hokimlarining ismidan keyin qo’shib aytilgan (masalan, Olimbek valne’ma).

VALLONLAR

VALLONLAR — Belgiyadagi xalq (3,92 million kishiga yaqin). Frantsiya, AQSh va boshqa joylarda ham yashaydi. Umumiy soni 4,1 million kishi (1990-yillar o’rtalari). Frantsuz tilining Vallon lahjasida gaplashadi. Dindorlari — katoliklar.

VALLIS (UOLLIS) (WALLIS) JON

VALLIS (UOLLIS) (WALLIS) JON (1616.23.11, Ashford, Kent -1703.28.10, Oksford) — inliz matematigi. Qirollik jamiyati asoschilaridan biri. «Cheksizlik arifmetikasi» (1655) cheksiz kichik sonlarning yaratilishida katta ahamiyat kasb etgan.

VALERIAN

VALERIAN (193-260) — Rim imperatori (253 yildan). Davlatni o’g’li Gallien bilan birgalikda boshqargan. Uning davrida xristianlar ta’qib qilingan. Forslar bilan bo’lgan urushda asir tushib, asirlikda vafot etgan.

VALENTINIAN I

VALENTINIAN I (321-375) – Rim imperatori (364 yildan). Rim imperiyasining g’arbiy qismini o’g’li Grasian bilan, Sharqiy qismini ukasi valent bilan birgalikda boshqargan. Alemannlar, kvadlar va boshqa qabilalarga qarshi urushlar olib … Read More

VALENT

VALENT (taxminan 328-378) — Rim imperiyasining Sharqiy qismi Imperatori (364 yildan). Akasi Valentinian 1 bilan davlatni birgalikda boshqargan. Adrianopol jangi (378) davestigotlardan mag’lubiyatga uchrab halok bo’lgan.

VALANSEN

VALANSEN, Valansenn — Frantsiya shimoldagi shahar, Shelda daryosi bo’yida, Belgiya chegarasi yaqinida. Aholisi shahar atrofi bilan 350 mingdan ziyod kishi (1990-yillar o’rtalari). Temir yo’l tuguni. Yiriktoshko’mir havzasi zonasida joylashgan. Metallurgiya, … Read More

VAKANSIYA

VAKANSIYA (Fransuzcha sapse, lotincha vacanc — bo’sh) — muassasadagi bo’sh, egallanmagan lavozim, o’quv yurtidagi bo’sh o’rin.

VAYSHIYLAR

VAYSHIYLAR (sanskritcha) — qadimgi Hindistonda 4 varnasan birining a’zolari. Dastlab, o’z atrofiga to’la huqukli jamoachilarni, asosan dehqonlar, chorvadorlarni, so’ngra savdogarlar, hunarmandlarning bir qismini ham birlashtirgan. O’rta asrlarda faqat savdo ahligina … Read More