YALPI TALAB
YALPI TALAB — uy xo’jaliklari, firmalar, davlat va xorijliklar, mamlakat rezidentlari tomonidan ishlab chiqarilgan tovarlar va xizmatlarni baholarning turli darajasida sotib olishga qilingan xarajatlarning umumiy yig’indisi.
YALPI TALAB — uy xo’jaliklari, firmalar, davlat va xorijliklar, mamlakat rezidentlari tomonidan ishlab chiqarilgan tovarlar va xizmatlarni baholarning turli darajasida sotib olishga qilingan xarajatlarning umumiy yig’indisi.
YALPI TAKLIF — mamlakatda, ma’lum vaqt davomida, tadbirkorlik sektori va davlat tomonidan ishlab chiqarilgan, va baholarning turli darajasida taklif qilinadigan tovar va xizmatlarning umumiy hajmi.
YALPI QO’SHILGAN QIYMAT — alohida olingan xo’jalik yurituvchi subyektlar, tarmoqlar va iqtisodiy sektorlarning faoliyati natijasi bo’lib, uning hajmi yalpi ishlab chiqarish va oraliq iste’moli orasidagi farqqa teng.
YALPI PUL TUSHUMI — tovar mahsuloti, ish, xizmat va moddiy boyliklarni sotishdan tushuvchi pulning umumiy miqdori.
YALPI MILLIY IXTIYORIDAGI DAROMAD (YAIMD) — shu mamlakat rezidentlari tomonidan olingan birlamchi daromadlar va sof joriy transfertlar yig’indisi.
YEVROPA DOLLARLAR — yevropa banklaridagi dollar jamg’armalari, kredit, operatsiyalarida foydalaniladi. AQSHdan tashqarida, ya’ni Yevropa banklarida mulk egalarining AQSH dollarida qo’ygan pul mablag’lari.
YALPI MILLIY DAROMAD — shu mamlakat rezidentlarining shu mamlakatningvaxorijiy mamlakatlarning YalMni yaratish davomida olgan birlamchi daromadlari (mulkdan olgan soliq bilan birga)ning yig’indisi.
YALPI MAHSULOTNI INFLIRLASH VA DEFLIRLASH — YaMM real hajmini nominal YaMMni narx indeksiga bo’lish orqali aniqlash.
YALPI ISHLAB CHIQARISH YOKI YALPI MAHSULOT — mamlakatda (tarmoqda, sektorda) ishlab chiqarilgan tovar va xizmatlarning ishlab chiqarilgan vaqtdagi bozor baholaridagi qiymati.
YALPI JAMG’ARISH — joriy davrda ishlab chiqarilgan va ana shu davrda iste’mol qilinmagan tovar va xizmatlarning rezident birliklari tomonidan faqat sotib olinishi natijasida shakllangan jamg’arma.