Ko’chmanchi qushlar
Ko’chmanchi qushlar — uya qurib yashaydigan joyidan sovuq qish faslida boshqa issiq makonlarga uchib ketuvchi уа уаnа bahorda qaytib keluvchi qushlar.
Ko’chmanchi qushlar — uya qurib yashaydigan joyidan sovuq qish faslida boshqa issiq makonlarga uchib ketuvchi уа уаnа bahorda qaytib keluvchi qushlar.
Ko’chat — bog’, о’rmоn hosil qilish uchun maxsus maydonlarda urug’dan unib chiqqan yoki qalamchalardan parvarish qilinadigan nihol.
Ko’zoynakli ilonlar – ilonlarning qator urug’larini birlashtirgan nomi. Yuqori jag’ning oldingi qismida katta zaharli tishlari bог. Afrika уа Janubiу Osiyoda, jumladan, O’zbekiston, Turkmaniston, Tojikistonda uchraydi. Afrika ko’zoynakli iloni (mаmЬа) zaharini … Read More
Ko’zchalar — ba’zi umurtqasiz hayvonlarning oddiy tuzilgan, yorug’likni sezuvchi a’zolari.
Ko’zcha, kurtak — o’simlik poyasi уа tuganaklaridagi kurtaklar.
Ko’z pardasi — ko’zning yupqa harakatchan diafragmasi. Umurtqali hayvonlar ko’zining oldingi bo’limi hisoblanib, uning markazidagi teshikda ko’z qorachig’i joylashgan. Sut emizuvchilar ko’z pardasida pegmentli hujayralar – melanotsidlar mavjud.
Ко’z — yorug’lik ta’ sirini sezadigan a’zo. Odam уа barcha umurtqali, ayrim umurtqasiz hayvonlarning ko’rish a’zosi.
Ko’sak — ko’pchilik yopiq urug’li o’simliklarning ko’p urug’li quruq mevasi. Masalan, g’o’za ko’sagi.
Ko’ruv nervi — bosh miya nervlarining ikkinchi jufti. Ko’z to’r pardasining yorug’lik sezuvchi hujayralari qabul qilgan ta’sirlarni bosh miyaga o’tkazadi.
Ko’rish — organizmning tashqi muhitdagi narsalar shakli, kattakichikligi, rangi, bir-biriga nisbatan o’rni hamda oralig’ini aniqlash уа boshqalarda obyektdan qaytayotgan yoki sochilayotgan nurni sezib, idrok etish.