CHALABUTALAR

Ma’nosi

CHALABUTALAR — tanasining faqat pastki qismi yog’ochlanib, qolgan yuqori qismlari qishda qurib qoladigan ko’p yillik o’simliklar. Ana shu xususiyati bilan buta va butachalardan farq kiladi. Chalabutalar arid o’lkalarida o’sishga ko’proq moslashgan. Masalan, teresken, cho’l va adirlarda o’suvchi shuvoqning ba’zi turlari, sho’ra va boshqalar. Bo’yi o’rtacha 80 santimetr, ba’zan 150-200 santimetr. Chalabutalar ko’p yillik o’tlardan kurtak chiqaradigan shoxlarning yer ustidan bir necha sm yuqorida o’rnashganligi bilan farqlanadi.

O‘xshash so‘zlar

CH harfi: barcha so‘zlar