CHERNOVSI UNIVERSITETI

CHERNOVSI UNIVERSITETI — Ukrainadagi yirik universitetlardan biri. Chernovsi shahrida. 1875 yil diniy seminariya negizida tashkil etilgan. Matematika., fizika, biologiya, kimyo, geografiya, tarix, filologiya va boshqa ixtisosliklar bo’yicha mutaxassislar tayyorlaydi. Ilmiy kutubxonasida 1,7 milliondan ortiq asar saqlanadi. 9 mingga yaqin talaba ta’lim oladi.