DEMOBILIZATSIYA
DEMOBILIZATSIYA (de… va mobilizatsiya) — 1) qurolli kuchlarni va mamlakat iqtisodiyotini harbiy holatdan tinchlik holatiga o‗tkazish; 2) urush tugagandan keyin harbiy qismlar, qo’shilmalar va muassasalarning shaxsiy tarkibini qayta tuzish bilan qurolli kuchlar shaxsiy tarkibini urushdan oldingi holatga keltirish; 3) harbiy xizmatchilarni urush tamom bo’lishi bilan, shuningdek, tinchlik davrida majburiy harbiy xizmat muddati tugashi bilan armiyadan bo’shatish; 4) ko’chma ma‘noda – tayyorgarlik, faollik, hushyorlik, ehtiyotkorlikning pasayishi.
O‘xshash so‘zlar
- DEMOBILIZATSIYA
- DEMOGRAFIK SIYOSAT
- DEMOGRAFIYA
- DEMOKRATIK ONG
- DEMOKRATIK TADBIRLAR
- DEMOKRATIK TAMOYILLAR
- DEMOKRATIK TRANZIT
- DEMOKRATIYA






