DINARA TOG’LIGI

DINARA TOG’LIGI — Bolqon yarim orolining shimoli-g’arbidagi tog’lik. Xorvatiya, Bosniya-Gersegovina, Chernogoriya va Albaniya hududida. Uzunligi 650 kilometr, eni 230 kilometr. O’rtacha balandlikdagi tog’lik, eng baland joyi 2692 metr (Ezersa tog’i). Asosiy tizmalar (Velebit, Dinara, Durmitor, Kopaonik va boshqalar) Adriatika dengizi sohili bo’ylab, shimoli-g’arbdan Janubi- sharqqa cho’zilgan, uning eng baland sohil qismi dengizga tik tushgan. Dinara tog’ligining shimoliy-g’arbiy qismi ohaktoshlardan tashkil topgan, karst keng tarqalgan, Sharqiy qismi slanes va qumtoshlardan iborat. Iqlimi sohil qismida subtropik, sharqida mo»tadil. Iyulning o’rtacha temperaturasi 15-20°, tog’larda qish sovuq (-18°). Yanvarning o’rtacha temperaturasi — 2° dan -8° gacha. Yillik yog’in 1000-3000 millimetr, Kotora buxtasida 4000 millimetrgacha, tog’larda 500-700 millimetr. Sharqiy qismida dub, qoraqayin va igna bargli o’rmonlar bor. Dengiz bo’yidagi tog’yon bag’irlari butazor, doim yashil o’rmonlar bilan qoplangan, tog’ tepalarida karstli yalangliklar uchraydi. Dinara tog’ligida bir qancha maydonlar davlat qo’riqxonalari deb e’lon qilingan. Tog’likning g’arbiy. qismida boksit, qo’ng’ir ko’mir, sharqida temir rudasi, mis, qalay, marganes, surma konlari bor.