DINGAAN
DINGAAN (? — 1843) — Janubiy Afrikadagi zulu qabilalari dohiysi (1828— 40), Chaka (Shaka) (1787-1828) ning vorisi. Dingaan 30-yillarda bur va ingliz mustamlakachilariga qarshi zulularning qurolli kurashini boshqargan. Inglizbur-zulu urushi vaqti (1838-40) da Dingaan qo’shini tor-mor keltirilgan. 1840 yil Dingaan ukasi Mpanda (bur mustamlakachilari malayi) tomonidan hokimiyatdan chetlatilgach, Svazilendga qochgan va o’sha yerda o’ldirilgan.
O‘xshash so‘zlar
- DINGILJA
- DINGO
- DINITROORTOKREZOL, DNOK
- DINIY EKSTREMIZM
- DINIY MAROSIMLAR
- DINIY MUSIQA
- DINIY O’QUV YURTLARI
- DINIY TASHKILOT





