DODXOH
DODXOH, dodxo (fors—adolat istovchi) — 1) Qo’qon xonligi va Buxoro amirligida: a) qal’a boshlig’i, qo’rboshi; b) qozixona ishlari ustidan nazorat olib boruvchi amaldor, raisi Kalon; Qo’qon xonligida bu mansab amaldorlar ro’yxatida to’qqizinchi o’rinda (parvonachidan keyin, biydan oldin) turgan. Dodxoh yiliga xon xazinasidan 700 botmon don va 1000 tilla pul olgan; 2) Buxoro amirligida arzchilar shikoyatini amirga yetkazib, javobini shikoyatchilarga bildiruvchi amaldor. Qo’qon xonligida bunday amaldor hudaychi deb nomlangan.
O‘xshash so‘zlar
- Dodxoh qishlog’i haqida eshitganmisiz?
- DOG’
- DOG’ISTON
- DOG’ISTON TILLARI
- DOG’ISTON TOG’ QO’Y ZOTI
- DOG’LARJA FOZIL HUSNU
- DOG’LI ANTRAKNOZ
- DOG’VOY


