DUKIDI-KASHIAS

Ma’nosi

DUKIDI-KASHIAS — Braziliyaning Janubi-sharqidagi shahar, Rio-dejaneyro shtatida. Aholisi 770,8 ming kishi (2000). Shtatning eng yirik savdo va sanoat markazlaridan. Mashinasozlik, rangli metallurgiya, farmasevtika, kimyo, to’qimachilik va oziq-ovqat sanoati korxonalari, neftni qayta ishlash zavodi bor. Shaharga 16-asr oxirida asos solingan.

O‘xshash so‘zlar

D harfi: barcha so‘zlar