Erkaklarning eng baland ovozi qanday ataladi?
Enriko Karuzo, Mario Lantsa, Mario del Monako. Bular tenor deb ataluvchi latifligi bobida nodir ovoz sohibi sifatida butun dunyoga tanilgan italyan qo’shiqchilarining nomlari. Oydin va jarangdor, shuning barobarida ajoyib va yoqimtoy tembrga ega. Uning diapozoni kichik oktava «do»dan ikkinchi «do»ga qadar. Tenor-altino (eng kuchli qo’shiqchi) hattoki ikkinchi oktava «mi»gacha yetkaza oladi. Opera kompozitorlari aksariyat hollarda bosh qahramonlar partiyasini tenorlarga topshiradilar. Chaykovskiyning «Yevgeniy Onegin» operasidagi Lenskiy va «Pikovaya dama»dagi German, Bizening «Karmen» operasidagi Xoze, Verdining «Rigoletto» operasidagi Gersog — bu ro’yxatni ancha davom ettirish mumkin. Nechog’li rang-barang qahramonlar! Ammo bu qahramonlarning ovozlari ham turlichadir.
O‘xshash so‘zlar
- Erkaklarning eng past ovozi qanday ataladi?
- Ermitajga qachon asos solingan?
- Eroziya nima?
- Eski xronikalar nimalardan so’zlaydi?
- Eynshteynning nisbiylik nazariyasi nima o’zi?
- Fazokor kim?
- Fizika kimyodan nimasi bilan farqlanadi?
- Folklor nima?





