ETNIK GURUH
ETNIK GURUH — muayyan bir xalq (qabila, qabila ittifoqi, elatning) ning parchalanib alohida qismlarga bo’linib ketishi natijasida vujudga keladigan guruh. Entik guruhni quyidagicha izohlash mumkin: o’z xalqidan (qabila, elat) ajralib chiqqan guruh va boshqalar xalqlar tarkibiga kirib, uzoq muddat yashab, shu xalqning tili, xo’jalik faoliyati, urf-odatlari, turmush tarzini qabul qilib, unga batamom singib, o’zlarini shu xalq etnik nomi bilan ataydigan bo’lib qoladi.
O‘xshash so‘zlar
- ETNIK GURUH
- ETNIK BIRLIK
- ETNIK KONFLIKT
- ETNIK TOZALASHLAR
- ETNIK ANTROPOLOGIYA VA IRQSHUNOSLIK
- ETNOKRATIK DAVLAT
- ETNOKRATIYA
- ETNOPSIHOLOGIYA





