ETNOSIYOSIY MAFKURA

ETNOSIYOSIY MAFKURA — siyosiy mafkura turlaridan biri. Keyingi yillarda nafaqat rivojlanayotgan davlatlarda, balki rivojlangan (Buyuk Britaniya, Ispaniya, Belgiya) mamlakatlarda ham ko’zga tashlanadi. Ayniqsa, Yugoslaviya, Chexoslovakiya, postsovet respublikalarida etnosiyosiy mafkuralar keng qanot yoydi. Etnosiyosiy mafkuralarning ma‘nosi kamsonli xalqlarning o’z davlatchiligini qo’lga kiritish va shu bilan o’zlarining o’ziga xosligi, ya‘ni tili, madaniyati, an‘analarini saqlab qolish uchun qulay sharoitlarni yaratishga bo’lgan intilishlardan iboratdir. Bu mafkuralarga jahondagi integratsiya jarayoni va banalminallashuv qarama-qarshi turadi. Etnosiyosiy mafkuralarning ma’nosi kamsonli xalqlarning o’z davlatchiligini qo’lga kiritish va shu bilan o’zlarining o’ziga xosligi, ya’ni tili, madaniyati, an’analarini saqlab qolish uchun qulay sharoitlarni yaratishga bo’lgan intilishlardan iboratdir. Bu mafkuralarga jahondagi integratsiya jarayoni va banalminallashuv qarama-qarshi turadi.