EYNSHTEYN QONUNI

EYNSHTEYN QONUNI — fotokimyoning asosiy qonuni. Bu qonunga ko’ra, har bir yutilgan foton bitta elementar reaktsiyani vujudga keltiradi. Bunda reaktsiya modda molekulalarining kimyoviy o’zgarishidan yoki ularning fizik uyg’onishidan va yutilgan energiyaning qayta nurlanishidan yoki bu energiyaning issiklik energiyasiga aylanishidan iborat bo’lishi mumkin. Eynshteyn qonunini 1912 yilda A. Eynshteyn ochgan.