EYNSHTEYN
EYNSHTEYN — optik diapazondagi elektromagnit nurlanish energiyasi birligi; fotokimyoda qo’llaniladi. Avogadro soniga teng miqdordagi optik diapazonga joylashgan bir xil chastotali yorug’lik kvantlarining energiyasiga teng. Birlikning qiymati yorug’lik kvantining chastotasiga bog’liq tarzda o’zgaradi. A. Eynshteyn sharafiga qo’yilgan.
O‘xshash so‘zlar
- EYNSHTEYNIY
- EYNSHTEYN ALBERT
- EYNSHTEYN QONUNI
- EYNSHTEYN DEXAAZ EFFEKTI
- Eynshteynning nisbiylik nazariyasi nima o’zi?
- EYNTXOVEN VILLEM


