FAYSALOBOD
FAYSALOBOD (sobiq Layalpur) — Pokistonning shimoliy Sharqiy qismidagi shahar. Panjob viloyatida, Chinobod va Ravi daryolari oralig’ida. Aholisi 1,97 million kishi (1998). Transport yo’llari chorrahasi. Paxtachilik rnining yirik savdo-sanoat markazi. Ip gazlama, tikuvchilik, oziq-ovqat (shakarqand, yog’moy), kimyo (mineral o’g’itlar ishlab chiqarish) sanoatlari, mashinasozlik (asosan, to’qimachilik asbobuskunalari) va metallsozlik korxonalari, issiqlik elektr stansiyasi mavjud. Hunarmandchilikda qo’lda gilam to’qiladi, badiiy buyumlar (xususan, qimmatbaho toshlardan zargarlik buyumlari) tayyorlanadi. Shahar 19-asr oxirida bunyod etilgan.
O‘xshash so‘zlar
- FAYYUM
- FAYYUM MANZILGOHLARI
- FAYYUM PORTRETLARI
- FAYZ
- FAYZIYEV AHMAD
- FAYZIYEV BOBOMUROD
- FAYZIYEV HOTAM XOLMATOVICH
- FAYZIYEV LATIF OBIDOVICH






