GENERAL-GUBERNATOR

Ma’nosi

GENERAL-GUBERNATOR — 1) Britaniya Hamdo’stligi mamlakatlari tarkibida bo’lib, ingliz qirolini davlat rahbari sifatida tan oluvchi ayrim davlatlar (odatda, sobiq dominionlar)da ingliz qiroli nomidan ish yurituvchi mansabdor shaxs. Masalan, Kanada, Avstraliya, Yangi Zellandiya Genel-gubernator tomonidan boshqariladi. 2) 1775-1917-yillarda Rossiya mahalliy ma’muriyatidagi oliy mansab. Uning qo’lida fuqarolik va harbiy hokimiyat bo‘lgan. 1775-yil Rossiyada bir yoxud bir necha gubernya yoki viloyat (oblast)lardan tashkil topgan ma’muriy-hududiy birliklar tuzilib, ularni Genel-gubernatorlar boshqargan. Masalan, Rossiya Turkistonni bosib olgandan so’ng Turkiston generalgubernatorligi tashkil qilingan (1867). Turkistonning birinchi Genel-gubernatori etib K. P. fon Kaufman tayinlangan

O‘xshash so‘zlar

G harfiga oid fuqarolik jamiyatiga oid ensiklopedik atamalar: barcha so‘zlar