GIDROGLAUBERIT

GIDROGLAUBERIT — mineral; natriy va kaltsiyning suvli sulfa- ti. Kimyoviy formulasi Na10Ca3(SO,)g 6N2O. Rangi oq, ipaksimon yaltiraydi, suvda erib ketadi. G. tolasimon, igna- Simon, ba’zan o’rgimchak iniga o’xshash shakllarda uchraydi. Zichligi 1,5. G. tuz konlaridagi neogen, to’rtlamchi davr yotqiziqlari gil, alevrolitlarda glau- Berit, gips, astraxonit va tenardit b-n birgalikda uchraydi. G. dunyoda birinchi marta Qoraqalpog’istondagi Qushqanatov konida topilgan. Koraumbet va Borsakel- masning tuzli ko’llari yotqiziqlarida ham uchraydi.