Hashar

Hashar-ixtiyoriy yordam turi. O’tmishda hashar ko’pincha ariq qazish, yirikroq bino, yo’l va ko’priklar qurish kabi ishlarda keng qo’llanilgan. Ayollar gilam to’qish, bichish-tikish kabi ishlarda hashar qilishgan. Hashar ko’pincha bir kun, ayrim vaqtlarda esa ikki kun, ariq qazish, imorat qurish va shu kabi ishlarda bir necha kun davom etgan.